Abdusaid Ko‘chimov O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA) bosh direktori etib tayinlandi, deb xabar qildi agentlik matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga.

Abdusaid Ko‘chimov (1951 yilda tug‘ilgan, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti o‘zbek tili va adabiyoti fakulteti bitiruvchisi) — bolalar yozuvchisi va shoir. 1997−2005 yillarda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasini boshqargan. 2006 yildan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining «Xabar» gazetasi bosh muharriri lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

O‘zAni 2001 yildan boshqarib kelgan Mamatqul Xazratqulov esa Prezident devonining ommaviy axborot vositalari masalalari bo‘yicha sektori mudiri bo‘ldi.