10 avgustdan 10 sentyabrga qadar butun O‘zbekiston bo‘yicha 1325 ta maktab yarmarkasi faoliyat ko‘rsatadi, deya xabar qildi O‘zA xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov bergan ma’lumotlarga tayangan holda.

Savdo majmualari va bozorlardan tashqari, yarmarkalar 927 ta maktabda ham joylashtiriladi.

Yarmarkalarda maktab formalari, oyoq kiyimlari va o‘quv jihozlari sotiladi. Ularning katta qismi O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan.