9 avgust kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Shveysariya Konfederatsiyasining yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Olive Shavni qabul qildi. Elchi ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi, deb xabar qildi TIV matbuot xizmati.

Suhbat davomida O‘zbekiston-Shveysariya hamkorligining hozirgi holati, uni yanada mustahkamlashning istiqbollari, shuningdek, dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolar muhokama qilindi.

Uchrashuvda turli darajalarda ikki tomonlama aloqalarni faollashtirish, vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazish amaliyotini davom ettirish, o‘zaro savdoni oshirish, investitsion va moliyaviy hamkorlik hamda madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirishdan tomonlar manfaatdorligi tasdiqlandi.

Muzokaralarda Shveysariyaning qonunchilik va boshqa masalalardagi tajribasini 2017 2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning bechta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish davomida qo‘llash istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.