Aktam Haitov O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga rahbar etib tayinlandi, deb xabar qilindi “Gazeta.uz"ga vazirlikdan.

Aktam Haitov (1974 yilda tug‘ilgan) — Samarqand kooperativ instituti bitiruvchisi (1994 yil).

2016 yil oktyabridan u O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (“O‘zstandart”) bosh direktori, unga qadar — 2014 yil sentyabridan — “Biokimyo” AJning iqtisodiyot va rejalashtirish bo‘yicha direktori bo‘lgan.

2010 yil martidan 2014 yil iyuliga qadar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri lavozimida faoliyat ko‘rsatgan (unga qadar vazir v. b.).

Eslatib o‘tamiz, avvalgi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Aziz Abduhakimov yaqinda Turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi.

“O‘zstandrat” agentligiga esa Abduhamid Karimov (1971 yilda tug‘ilgan, Kimyo texnologiyalari instituti bitiruvchisi) bosh direktor etib tayinlandi.