O‘zbekiston milliy universiteti ikkinchi oliy ta’limni olishni istaganlar uchun sirtqi bo‘lim ochdi, deb xabar qildi O‘zMU matbuot xizmati.

Sirtqi ta’lim biologiya, geologiya va geografiya, jurnalistika, ijtimoiy fanlar, iqtisodiyot, kimyo, matematika, fizika, tarix va xorijiy filologiya fakultetlarida 36 yo‘nalish bo‘yicha taklif etilmoqda.

Kirish uchun hujjatlar (jumladan oliy ta’lim to‘g‘risidagi diplom) 20 avgustga qadar qabul komissiyaga topshirilishi lozim. Komissiyadan «Gazeta.uz"ga xabar qilinishicha, katta ehtimol bilan faqatgina suhbatdan o‘tkaziladi.