Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyatidagi yo‘l-transport hodisasida jarohatlangan olti nafar O‘zbekiston fuqarosi Mudofaa vazirligi maxsus bortida Toshkentga qaytganlaridan so‘ng Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida davolanmoqda.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, barcha jarohat olganlar mutaxassislar ishtirokida kompyuter tomografiyasi, UZI, exokardiologiya va laboratoriya tekshiruvi qo‘llanilgan holda zarur tibbiy ko‘riklardan o‘tkazildi.

Igor Orlov (2006 yilda tug‘ilgan) qayta operatsiya qilindi va palataga olindi, uning ahvoli yaxshilanmoqda. Veronika (2006 yilda tug‘ilgan) va Yelena (1976 yilda tug‘ilgan) Orlovalar, Lyudmila Ob’edkova (1952 yilda tug‘ilgan) va Janna Xan (1969 yilda tug‘ilgan) tibbiy yordam olganlaridan so‘ng palataga yotqizildi va davolanishda davom etishmoqda.

Yana Li (2004 yilda tug‘ilgan) tibbiy yordam so‘ng uyga ruxsat berildi.