8 avgust kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Latviyaning favqulodda va muxtor slchisi Edgars Bondarsni qabul qildi, deya xabar berdi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.

Suhbat davomida bo‘lajak qo‘shma tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.

Elchining diplomatik missiyasi yakunlanar ekan, uning O‘zbekiston va Latviya o‘rtasidagi munosabatlarni mustakamlashga qo‘shgan konstruktiv hissasi qayd etildi.

So‘nggi 3,5 yil mobaynida O‘zbekiston-Latviya hamkorligi faol rivojlandi va mustahkamlandi. Latviya Prezidenti Andris Berzinshning 2014 yil may oyida O‘zbekistonga tashrifi davomida o‘tkazilgan oliy darajadagi samarali muzokaralar ikki tomon hamkorligiga yangi turtki berdi. Shuningdek, ikki mamlakatning vazirlik va idoralari, ishbilarmon doiralari, madaniyat, ta’lim va boshqa sohalar vakillari darajasida faol uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

O‘z navbatida Edgars Bondars elchi sifatida O‘zbekistondagi faoliyati uchun yaratilgan qulay sharoitlar uchun minnatdorchilik izhor etdi.