O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi tizimida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi, deb xabar berdi IIVning «Postda» gazetasi shanba kuni.

Polkovnik Zohid Mamadaliyev — Namangan viloyati, podpolkovnik Rustam Yusupov — Navoiy viloyati va podpolkovnik Qodir Botirov — Buxoro viloyati IIB boshliq o‘rinbosarlari etib tayinlandi.

Bundan tashqari, podpolkovnik Shuxrat Norpo‘latov Toshkent viloyati Zangiota tuman IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Ushbu tumanda iyul oxirida davlat tuzilmalarining bir qator rahbarlari o‘z lavozimlaridan ozod etilib, rahbariyat o‘zgargan edi.