O‘zbekiston Yalpi ichki mahsuloti (YAIM) 2017 yil birinchi yarmida 2016 yilning birinchi yarmiga nisbatan 7% ga — 102,702 trln so‘mga o‘sdi, deb xabar berdi Davlat statistika qo‘mitasi (doc).

Olti oy davomida sanoat ishlab chiqarish hajmi 7,6 foizga, qurilish ishlari 8,7 foizga, chakana savdo aylanmasi 11,1 foizga, xizmatlar esa 11,6 foizga o‘sdi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 5,8 foizga ko‘tarildi. asosiy kapitalga investitsiyalar miqdori 8,3 foizga oshdi va 26,599 trln so‘mga yetdi.