1 avgustdan boshlab Xitoyning Toshkentdagi elchixonasi xizmat va tijoriy safar bilan XXRga otlangan O‘zbekiston fuqarolari uchun viza olishni soddalashtirdi. Bu haqda Savdo-savdo palatasi matbuot xizmati xabar qildi.

Tadbirkorlik doiralari uchun viza O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining kafolat xati, palatada ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma, litsenziya va Xitoy tomonidan oddiy taklifnoma bo‘yicha rasmiylashtiriladi.

Vazirlik va mahkamalar xodimlari uchun vizalar notalar, rasmiy maktublar yoki O‘zbekistonning vakolatli organlari kafolat xatlari va Xitoy tomonining oddiy taklifnomalari bo‘yicha rasmiylashtiriladi.

Bunga qadar har ikki holatda viza olish uchun XXR vakolatli organi tomonidan rasmiy taklifnoma bo‘lishi talab qilinar edi. Endilikda ushbu hujjat shart emas.