O‘zbekiston Moliya vazirligi 4 avgust kuni Toshkent IESning poytaxt viloyati Qibray tumani uchun ishlab chiqarilayotgan issiqlik energiyasiga yangi tariflarni tasdiqladi. U 2017 yil 19 avgustdan kuchga kiradi.

Barcha iste’molchilar, jumladan ulgurji iste’molchi-qayta taqsimlovchilar va issiqxona xo‘jaliklari hamda «Issiqlik manbai» korxonasi uchun issiq suv va bug‘ uchun yangi tarif 1 Gkal uchun 57520 so‘m (jorif tarif — 54470 so‘m) etib belgilandi. Tarif QQSni o‘z ichiga oladi.

Yangi tariflar 4 avgustdan kuchga kirishi munosabati bilan 2017 yil 15 iyundagi tariflar o‘z kuchini yo‘qotadi.