Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi ko‘chmas mulklarning texnik xususiyatlari, uning inventar qiymati va kadastr raqami bo‘yicha joylashgan manzili to‘g‘risidagi ma’lumotlarni onlayn-resurs orqali taqdim etish xizmatini sinov rejimida ishga tushirdi.

O‘zbekiston hukumati qaroriga binoan jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli ko‘chmas mulk ob’ektlari yalpi inventarizatsiyadan o‘tkazilmoqda. Ko‘chmas mulklarning inventarizatsiya natijasida olingan xususiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar avtomatlashtirilgan hisobni yuritish uchun yagona bazaga kiritilmoqda.

Resurs orqali ko‘chmas mulkning vakolatli organlardan yo‘naltirilib, kadastr korxonasi tomonidan ro‘yxatga olingan taqiqda ekani yoki xatlangani haqidagi ma’lumotlarni ham olish mumkin.

Boshqarma saytida xabar qilinishicha, yaqin vaqtlar ichida manzil bo‘yicha kadastr raqamini aniqlashtirish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishga buyurtma berishga tayyorgarlikni aniqlashtirish, shuningdek, kadastr korxonalarida buyurtmani ijro etish ustidan nazorat bo‘limlarini ishga tushirish rejalashtirilgan.