Saidkamol Xodjayev «Agrobank» boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlandi. O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi 3 avgust kuni shu haqdagi qarorni qabul qildi.

Eslatib o‘tamiz, iyundan Saidkamol Xodjayev (1979 yilda tug‘ilgan, Toshkent moliya instituti va Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi bitiruvchisi) Markaziy bank raisi o‘rinbosari, avvalroq — 2016 yil martidan — raisning birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

Bank tizimida 1997 yil martidan ishlab kelmoqda. 2014—2016 yillarda «O‘zsanoatqurilishbank» boshqaruvi raisi bo‘lgan.