Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyati Qizil-O‘ruk qishlog‘i hududida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasida jabr ko‘rgan O‘zbekiston fuqarolarining ro‘yxati Tashqi ishlar vazirligi saytida e’lon qilindi.

Bishkekdagi O‘zbekiston elchixonasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, jabrlangan fuqarolar quyidagilar:

1. Orlova Yelena Aleksandrovna, 1976 yilda tug‘ilgan;

2. Orlov Igor, 2006 yilda tug‘ilgan;

3. Orlova Veronika, 2006 yilda tug‘ilgan;

4. Li Yana Andreyevna, 2004 yilda tug‘ilgan;

5. Xan Janna Mixaylovna, 1969 yilda tug‘ilgan;

6. Obedkova Lyudmila Aleksandrovna, 1952 yilda tug‘ilgan.

Jabrlanuvchilarga joyida kerakli yordamni ko‘rsatish maqsadida mazkur hududga elchixonaning konsullik bo‘lim vakili yetib keldi.