Bobur Alixonov O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi, deb xabar qildi «O‘zbekiston 24» kanali sayti.

Aprel oyida Bobur Alixonov (1962 yilda tug‘ilgan, 1983 yilda Toshkent davlat universitetini bitirgan) axboriy eshittirishga mas’ul MTRK rais o‘rinbosari, keyinchalik esa birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan edi.

Ilgari — 2014—2017 yillarda UzReport TV telekanalining bosh prodyuseri lavozimida ishlagan. 1983—2006 yillarda O‘zbekiston televideniyesida turli lavozimlarda, jumladan boshqaruvchi bo‘lib ham ishlagan.

Milliy teleradiokompaniyasining avvalgi rahbari Xurshid Mirzohidov yaqindagina lavozimidan ozod etildi.