1 avgust kuni O‘zbekistonning 59 ta oliy ta’lim muassasasi va ularning 12 ta filialida kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi. Davlat test markazi ma’lumotlariga ko‘ra, OTMlarga kirish uchun 729947 nafar abituriyent (2016 yilda — 663304) hujjat topshirgan bo‘lsa, ularning 7725 nafari (7521) muddatli harbiy xizmatni o‘tagan imtiyozli abituriyentlardir.

Bir o‘rin uchun 11 nomzod kurash olib bordi (o‘tgan yili — 11,5).Test sinovlari uchun 744271 (676000) ta individual savollar kompleksi shakllantirildi.

Test sinovlariga 11698 nafar yoki 1,6 foiz (5163, 0,8%) abituriyent kelmadi. 2764 nafari yoki 0,68 foizi (714, 0,1%) test sinovlarini o‘tkazish talablarini buzgani uchun jarayondan chetlatildi.

Test sinovlari 1080 (889) binoda joylashgan 21756 (19830) auditoriyada o‘tkazildi.