1 avgustdan «Samarqand» xalqaro aeroporti sun’iy uchish-qo‘nish yo‘laklari kapital ta’mirlanganidan so‘ng xalqaro va mahalliy parvozlar uchun ochildi. Bu haqda «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi matbuot xizmati xabar qildi.

Samarqand havo bandargohi 1 iyul kuni reyslarni amalga oshirish uchun yopilgan edi. Avgustning birinchi kuni aeroport Rossiyaning Utair aviakompaniyasi samolyotini qabul qildi.