Yaqindagina tashkil etilgan O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga Shuhrat Sodiqov direktor etib tayinlandi. Davlat rahbari 1 avgust kuni shu haqdagi farmonni imzoladi.

Mazkur tayinlovga qadar Shuhrat Sodiqov (1969 yilda tug‘ilgan) 2010 yildan beri Vazirlar Mahkamasining axborot va telekommunikatsiya tizimlari bo‘yicha Axborot-tahlil departamenti mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

Ungacha — 2008—2010 yillarda «O‘zbektelekom» kompaniyasi bosh direktori, 2006—2008 yillarda bosh direktor o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Prezidentning 24 iyuldagi farmoni bilan tashkil etildi. Hujjatda loyihaviy boshqaruv tamoyillariga asoslangan qarorlarni ishlab chiqish va nazorat qilishning zamonaviy shakl va usullarini joriy etish ko‘zda tutilgan.