O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hirot shahridagi masjid binosida sodir etilgan mudhish va yovuz terrorchilik harakati oqibatida ko‘plab begunoh insonlar qurbon bo‘lgani va og‘ir jarohat olgani munosabati bilan Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘aniga ta’ziya izhor etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

RIA Novosti ma’lumotlariga ko‘ra, portlash seshanba kuni shahar g‘arbida sodir etilgan. Mahalliy hukumatning xabar berishicha, xudkush-terrorchi o‘zini bino ichida portlatib yuborgan, ikkinchi jinoyatchi esa masjiddagilarga qarata o‘q uzgan. Halok bo‘lganlar soni 29 kishini, jarohatlanganlar esa 64 nafarni tashkil etdi.