Xotambek Shokirov Toshkent viloyatining qayta tashkil etilgan Toshkent tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi, deb xabar qildi viloyat hokimiyatidan «Gazeta.uz"ga

Bunga qadar Xotambek Shokirov (1970 yilda tug‘ilgan) 2015 yil martidan O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi. Soliq idoralaridagi faoliyatini 1999 yilda boshlagan.

Toshkent elektrotexnika instituti (1993 yil) va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (2004) bitiruvchisi.

Toshkent tumani O‘zbekiston Prezidentining 20 iyuldagi qarori bilan poytaxt viloyatining Zangiota tumani hududida tashkil etildi.