Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYUU) 1 avgust kuni kirish imtihonlarini yangicha shaklda o‘tkazdi. Imtihon axborot texnologiyalaridan keng foydalanilishi, shaffoflikning ta’minlanishi va abituriyentlarning qat’iy nazorat ostiga olinishi bilan o‘zgacha bo‘ldi.

O‘tgan yillardan farqli o‘laroq test imtihonlari «O‘zekspomarkaz"ning oltita pavilonida bo‘lib o‘tdi. Imtihon topshirilishini nazorat qilish uchun nafaqat TDYUU o‘qituvchilari, balki imtihon jarayonida abituriyentlar harakatini nazorat qilishning qo‘shimcha darajasini ta’minlagan 130 dan ortiq prokuratura organlari xodimlari ham jalb etildi.

Pavilonlarda 75 ta nazorat kameralari o‘rnatildi, imtihon jarayoni jonli efirga uzatildi. Jonli efirni abituriyentlarning yaqinlari va xohlovchi internet foydalanuvchilari kuzatib bordi.

Binoga kirish joyida abituriyentlar shaxsni tasdiqlovchi va taqiqlangan vositalarning mavjudligini aniqlovchi uch bosqichli nazoratdan o‘tdi. Bu maqsadlar uchun metallodetektorlardan foydalanildi.

Pavilonlarga boshlaydigan yo‘lda faqatgina o‘z bilimiga ishonish kerakligiga chaqiruvchi, shuningdek abituriyentning aloqa vositalaridan foydalanganlik mas’uliyati eslatilgan plakatlar o‘rnatildi. Shunga o‘xshash plakatlar bino ichiga ham o‘rnatilgan edi.

«Javobgarlik chizig‘i» dan o‘tgandan keyin abituriyentlar taqiqlangan buyumlar topilgan taqdirda imtihonga kiritilmaslik xavfi ostida bo‘lishdi.

Salmoqli axborot kampaniyaga qaramasdan, abituriyentlar ichida qoidalarni buzishga harakat qilganlar kam bo‘lmadi. «Gazeta.uz"ning TDYUU ma’muriyatidan olgan ma’lumotga ko‘ra, imtihondan 163 nafar abituriyent chetlatildi. Ulardan 124 nafari tashqi nazorat bosqichida, 39 nafari imtihon boshlangandan keyin chetlatilgan.

Foto