O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31 iyul kuni Davlat statistika qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

Hujjatda xalqaro statistik axborotlar shaffofligi va ochiqligini ta’minlovchi statistikada keng qo‘llaniluvchi statistik tahlil usullari, ko‘rsatkichlar, baholash mezonlari va hisobot shakllarini joriy etish bo‘yicha choralar ko‘zda tutilgan.

Qaror bilan 2017−2021 yillarda statistika tashkilotlari faoliyatini tubdan oshirish, statistik axborotlar va tizimlar sifatini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Davlat statistika qo‘mitasi markaziy apparati tuzilmasi qayta ko‘rib chiqildi. Boshqaruv qo‘mitasida birinchi o‘rinbosar, iqtisodiy va ijtimoiy statistika bo‘yicha o‘rinbosar, shuningdek, AKT va axborot xavfsizligi bo‘yicha o‘rinbosar ta’sis etildi.