O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov seshanba kuni Toshkent hududida birinchi marta davlat yuridik universitetining kirish test imtihonlari o‘tkazilayotgan «O‘zekspomarkaz» pavilonlariga tashrif buyurdi.

«Gazeta.uz» muxbirining xabar berishicha, hukumat rahbariga Toshkent hokimi Rahmonbek Usmonov, TDYUU rektori Yesemurat Kanyazov va boshqa vazirlik va idora vakillari hamroh bo‘lgan.

Bosh vazir uchta pavilonni ko‘zdan kechirib, imtihon topshirishning yangicha jarayoni bilan tanishdi. Pavilonlarga 75 ta kuzatuv kamerasi o‘rnatilgan bo‘lib, imtihon jarayoni jonli efirda translyatsiya qilindi.

Abdulla Aripov abituriyentlardan birining shaffof mikroquloqchin orqali qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish imkonini beruvchi qo‘lbola qurilma yordamida test topshirish qoidalarini buzmoqchi bo‘lganiga guvoh bo‘ldi. Uning mexanizmini o‘rgangan bosh vazir: «Yuridik universitetda nima qilasan, TATUga bormaysanmi», deya hazil qildi.

Video


Foto