O‘zbekiston mobil operatorlari 1 avgustda profilaktika ishlari olib borilishi to‘g‘risida e’lon qildi.

8:30 dan 13:30 ga qadar SMS va mobil internet xizmatlari ko‘rsatilmaydi. Ovozli aloqada uzilishlar bo‘lmaydi.

Ucell, Beeline va Perfectum operatorlari cheklanishlar to‘g‘risida o‘z saytlarida xabar berdi. Yaqin vaqtlar ichida boshqa operatorlarning xabar berishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 1 avgust kuni O‘zbekiston OTMlarida kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi.