Hafta yarmida O‘zbekiston bo‘ylab havoning bir oz salqinlashishi kutilmoqda. Respublikaning aksariyat hududlarida harorat +36, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida esa +33 darajagacha tushadi.

Uzgidrometning «Gazeta.uz"ga xabar berishicha, mamlakatning shimoliy va markaziy hududlarida haroratning tushishi yomg‘ir, momaqaldiroq va shamolning 15−20 m/s gacha tezlashishini keltirib chiqarishi mumkin. 4 avgust kuni Samarqand va Namangan viloyatlarining ayrim hududlarida do‘l yog‘ish ehtimoli mavjud.

Batafsil ob-havo ma’lumoti.