«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy avikompaniyasi 2017 yilning birinchi yarmida 1,227 million yo‘lovchini tashib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,3 foiz ko‘p natija qayd etdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qildi.

Milliy aviatashuvchi samolyotlari 11160 ta yoki 2016 yil yarmiga nisbatan 489 ta ko‘proq reysni amalga oshirdi. Yo‘lovchilar o‘rindiqlari bandligi 75,9 foizni tashkil etdi.

Yo‘lovchi tashish hajmi uzoq xorijga 11,3 foiz, yaqin xorijga esa 9,8 foizga o‘sgan bo‘lsa, respublika yo‘nalishida bu ko‘rsatkich 17 foizga pastladi.

Olti oy davomida aviakompaniya 24,8 ming tonna yuk (pulli qo‘l yuki va pochtani hisoblaganda) yuk tashidi, o‘sish ko‘rsatkichi 26,4 foizni tashkil etdi.