Bir necha viloyatda ichki ishlar organlariga yangi boshliqlar tayinlandi, deb xabar qildi O‘zbekiston IIVning «Postda» nashri.

Toshkent viloyatida Bekobod shahar ichki ishlar bo‘limiga podpolkovnik Elmurod Sultonov, O‘rtachirchiq tuman IIBga podpolkovnik Ikromjon Shoakbarov boshliq bo‘ldi.

Samarqand viloyatida Narpay tuman IIBga podpolkovnik Tojiddin Eshnazarov rahbar etib tayinlandi.

Namangan viloyatida Kosonsoy tuman IIBga podpolkovnik Furqat Mirzayev, Yangiqo‘rg‘on tuman IIBga podpolkovnik Nosirjon Mirzaahmedov, Mingbuloq tuman IIBga mayor Avazbek Xo‘jaxonov boshliq bo‘ldi.

Surxondaryo viloyatida Oltinsoy tuman IIBga mayor Asliddin Mirzayev, Angor tuman IIBga mayor Kamoliddin Xidirov rahbarlikka tayinlandi.