28 iyul kuni Bishkekda O‘zbekiston va Qirg‘iziston Hukumatlari O‘sh shahrida umumta’lim maktabini qurish to‘g‘risida Bitim imzoladi.

O‘zbekiston mablag‘i hisobidan 630 o‘rinli umumta’lim maktabini quriladi va u Qirg‘izistonga mulk sifatida beg‘araz topshiriladi.

O‘zbekiston TIV matbuot xizmatining xabar qilishicha, hujjatni O‘zbekiston elchisi Komil Rashidov va Qirg‘iziston ta’lim va fan vaziri Gulmira Kudayberdiyeva imzoladi.

TIV xabarida ta’kidlanishicha, mazkur loyihaning amalga oshirilishi tarixan shakllanib kelgan o‘zbek va qirg‘iz birodar xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashga hamda ikki davlat o‘rtasidagi madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.