Bobur Islomov O‘zbekiston Geologiya va mineral resurslar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi etib tayinlandi, deb xabar qildi «Gazeta.uz"ning hukumatdagi axborot manbasi.

Bobur Islomov avval Geologiya davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 1984 yilda tug‘ilgan, Toshkent davlat texnika universiteti magistraturasini geologiya hamda ruda va noruda foydali qazilmalar razvedkasi yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan.

2002−2008 yillarda «Apartak» kon korxonasida texnik, texnik geolog lavozimlarida ishlagan. 2008−2010 yillarda «Qimmatbaho va rangli metallar geologiyasi» ilmiy-amaliy markazida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan. 2010−2015 yillarda «Davgeolaxborotmarkaz» korxonasida direktor, 2015−2016 yillarda esa Mineral resurslar ilmiy-tadqiqot institutiga rahbarlik qilgan.