O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 iyul kungi farmoni bilan tadbirkorlik sub’ektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha Prezident huzuridagi Vakilni tayinladi. Ushbu lavozimda shu vaqtga qadar Samarqand viloyat prokurorining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan Dilmurod Qosimov faoliyat ko‘rsatadi.

Tadbirkorlik sub’ektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha Vakil instituti davlat rahbarining may oyidagi farmoni bilan ta’sis etilgan edi.