Akmalxon Ortiqov demografiya, ijtimoiy soha va aholi turmush darajasini oshirish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda «Gazeta.uz"ga hukumatdagi manba xabar qildi.

Akmalxon Ortiqov avval Namangan viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. U 1980 yilda tug‘ilgan, Toshkent davlat iqtisodiyot institutini tamomlagan. 2001 yildan 2013 yilgacha Moliya vazirligi tuzilmalarida turli lavozimlarda ishlagan.

2013—2015 yillarda Namangan viloyati, 2015—2017 yillarda Farg‘ona viloyati hokimiyati moliya boshqarmasiga rahbarlik qilgan.