O‘zbekistonda ijarada, qarindoshi yoki tanishining uyida yashovchi talabalarni ro‘yxatga olish tartibining qulay va soddalashtirilgan shaklini ishlab chiqiladi. Bu O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 27 iyuldagi «Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida ko‘zda tutilgan.

Ichki ishlar vazirligiga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda ro‘yxatga olish tartibining soddalashtirilgan shaklini ishlab chiqish va ikki oy muddatda amaliyotga joriy qilish vazifasi topshirildi.