27 iyul kuni O‘zbekistonning barcha hududlarida Birinchi Prezident Islom Karimovni xotirlash tadbirlari bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi O‘zA. Toshkentda bo‘lib o‘tgan marosimlardan birida Prezident Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi.

Xotira tadbirlarida vatandoshlar, keng jamoatchilik vakillari Islom Karimovning mustaqil O‘zbekiston davlatini barpo etish borasidagi buyuk xizmatlarini yana bir bor esga oldilar.

O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti 2016 yil 2 sentyabr kuni 78 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Ushbu sana Birinchi Prezident Xotirasi kuni deb e’lon qilindi. 30 yanvar kuni Islom Karimovning tavallud kuni nishonlanadi.