«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasining Boeing 787 Dreamliner samolyoti 27 iyul kuni Toshkentdan Nyu-Yorkka ilk bor qo‘nishsiz parvozini amalga oshirdi.

Bortida 237 nafar yo‘lovchi bo‘lgan «Orzular layneri» Jon Kennedi xalqaro aeroportiga 12:15 da (Toshkent vaqti bilan 21:15) qo‘ndi. Parvoz 11 soatu 48 daqiqa davom etdi.

28 iyul kuni poytaxt aeroportida ortga qaytgan reysni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Jadval

«Toshkent-Nyu-York-Toshkent» to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlari payshanba kunlari (ortga qaytish reysi juma kuni yetib keladi) amalga oshiriladi.

NY 101

Toshkent 8:40 — Nyu-York 12:30

Parvoz davomiyligi — 12:50

NY 102

Nyu-York 15:00 — Toshkent 11:35 (juma)

Parvoz davomiyligi — 11:35