27 iyul kuni 11:00 atrofida Toshkentning Olmazor tumani Bayroqtol ko‘chasi 102-uy manzilidagi «12-trest» qurilish korxonasi mexanizatsiya boshqarmasi hududida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent IIBBdan «Gazeta.uz"ga xabar qilindi.

«Yong‘in „12-trest“ hududida yuzaga keldi, avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasida emas. Kerosinli sisterna yonib ketdi. Yong‘inni o‘chirish uchun sakkizta o‘t o‘chirish guruhi jalb qilindi», — dedi suhbatdosh.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yong‘in bartaraf etilgan, jabrlanganlar va qurbon bo‘lganlar yo‘q. Hodisa sabablari o‘rganilmoqda.