O‘zbekiston Respublikasining yangi favqulodda va muxtor elchisi Baxtiyor Saidov Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rahbariyatiga ishonch yorlig‘i nusxasini topshirdi, deb xabar qildi O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi «Gazeta.uz"ga.

Bunga qadar besh yil davomida Doniyor Qurbonov O‘zbekistonning Xitoydagi diplomatik vakolatxonasiga rahbarlik qilgan. Baxtiyor Saidov esa «O‘zbekengilsanoat» boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Uchrashuv jarayonida tomonlar o‘zbek-xitoy hamkorligi va uning o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda rivojlanish istibollari masalalarini muhokama qildi.

O‘zbekiston Prezidentining may oyida Xitoyga davlat tashrifi vaqtida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.