«Toshkent» telekanalining sobiq direktori Madamin Safarov «Yoshlar» teleradiokanaliga rahbar bo‘ldi. Bu haqda kanal matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga xabar qildi.

Mazkur lavozimda iyun oyi so‘ngida Prezident Shavkat Mirziyoyev taklifi bilan Ozodbek Nazarbekov tayinlangan edi. Xonanda o‘z xohishiga ko‘ra lavozimni tark etdi.

Ozodbek Nazarbekov teleradiokanal tuzilmasida bosh prodyuser sifatida faoliyatini davom ettiradi.