O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani va afg‘on xalqiga Kobul shahrida yuz bergan terrorchilik xuruji oqibatida ko‘plab begunoh insonlarning qurbon bo‘lgani va og‘ir jarohat olgani munosabati bilan ta’ziya bildirdi.

Maktubda davlat rahbari halok bo‘lganlarning va jarohat olganlarning oila a’zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik tuyg‘ularini yetkazib qo‘yishni so‘radi, deb xabar berdi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Qotil 24 iyul kuni ertalab Kobul tumanlaridan birida avtomobilda o‘zini portlatib yuborgan. Terakt oqibatida kamida 35 nafar kishi halok bo‘lgan va 40 nafar kishi jarohat olgan.