25 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Isroil elchisi Karmela Shamirni qabul qildi, deb xabar berdi TIV matbuot xizmati.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston-Isroil hamkorligining holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Vazir O‘zbekistondagi deyarli to‘rt yillik diplomatik missiyasini yakunlanayotgani munosabati bilan elchining samaralari faoliyatini va ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasini qayd etdi.

Karmela Shamir mamlakat rahbariyati va TIVga o‘zining Isroilning O‘zbekistondagi elchisi sifatidagi vazifalarini bajarishda ko‘mak bergani uchun minnatdorchilik bildirdi.