Yil oxiriga qadar «Toshkent-Samarqand» tezyurar temir yo‘li yoqasida joylashgan aholi punktlarining arxitekturaviy qiyofasi yaxshilanadi. Bu haqda O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 13 iyuldagi qarorida (PDF) so‘z ketadi.

Toshkent shahri, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlaridagi uchastkalar bo‘ylab joylashgan hududlarda obodonlashtirish ishlari olib boriladi.

Hujjatga muvofiq, 1 oktyabrga qadar 3078 ta uy rekonstruksiya va kapital ta’mirlanib, ularning tomlari almashtiriladi, old qismlari ta’mirlanib, devor o‘rnatiladi. Mazkur maqsadlar uchun 33,7 mlrd so‘m ajratiladi.

Bundan tashqari, «Toshkent-Samarqand» tezyurar temir yo‘li uchastkasi yoqasi bo‘ylab namunaviy loyihalar bo‘yicha 629 ta arzon uy-joy quriladi. Ular uchun 79,1 mlrd so‘m sarflanadi.