Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 9−27 yanvar kunlari Xitoyda bo‘lib o‘tadigan 23 yoshgacha yoshlar jamoalari o‘rtasidagi Osiyo chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Osiyo Futbol konfederatsiyasi matbuot xizmati xabar qildi.

Milliy terma jamoa seshanba kuni Al-Aynda saralash bosqichi uchinchi turi doirasida BAA ustidan 2:0 hisobida ustun keldi va D guruhida 6 ochko bilan birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Uchrashuvning 67-daqiqasida Islomjon Qobilov ikkinchi qavatda raqib himoyachisidan ko‘ra muvaqqiyatli o‘ynab, hisobni ochdi. Asosiy vaqt tugashiga bir daqiqa qolganida Javohir Sidiqov ikkinchi golni kirib, g‘alabani mustahkamladi.

Shunday qilib, O‘zbekiston 2018 yilgi Osiyo chempionatida ishtirok etadigan 16 jamoadan biri bo‘ldi.