14 iyul kuni «Navoiy» erkin iqtisodiy zonasida EIZning 10 ta yangi ishtirokchisiga guvohnomalarni tantanali ravishda topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur korxonalar bu yerga 69,3 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya kiritadi. Investitsiyalarning 40 foizdan ziyodi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy qo‘yilmalardir. 50 turga yaqin mahsulotlar, jumladan mayolika, granit va mozaikali plitalar, shisha buyumlar, yorug‘lik diodli yoritish uskunalari, gipsokarton va quruq qurilish aralashmalari, MDF va DSP, suyuq yuvish vositalari va boshqalarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Korxonalarda 600 ta yangi ish o‘rni ochiladi.

«Uchinchi chorak so‘ngiga qadar ishlab chiqarish quvvati yiliga 12 ming tonna tayyor mahsulotni tashkil etuvchi suyuq yuvish vositalari ishlab chiqarish bo‘yicha loyihani amalga oshirishni rejalashtirmoqdamiz, — dedi TURK UZ MCHJ vakili Isoq Jamolov. — Shu maqsadlarga 400 ming dollar miqdoridagi shaxsiy mablag‘imizni yo‘naltirib, 18 kishini ish bilan ta’minlaymiz».

2017—2019 yillarda «Navoiy» EIZda qiymati 251,4 mln dollarga teng 39ta loyihani amalga oshirish belgilangan bo‘lib, ularning 80,6 mln dollari xorijiy sarmoyalarni va 88,5 mln dollari tijoriy banklar kreditlari tashkil etadi. 2500 ga yaqin ish o‘rinlari paydo bo‘ladi.

namecheno realizovat 39 proyektov stoimostyu 251,4 mln dollarov, iz nix 80,6 mln dollarov