13−16 iyul kunlari Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahri dzyudo bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 22 medalni qo‘lga kiritdi, deb xabar qildi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Milliy terma jamoa yakunda 3 tadan oltin va kumush hamda 6 ta bronza medaliga ega chiqib, jami 12 ta medal bilan yoshlar o‘rtasida umumjamoa hisobida faxrli birinchi o‘rinni band etishdi. Ikkinchi o‘rinni Janubiy Koreya (3−1−2), uchinchi o‘rinni esa Qozog‘iston (2−6−7) egalladi.

O‘smirlar o‘rtasidagi musobaqalarda esa jami 10 medal — ikkita «oltin», beshta «kumush» va uchta «bronza» qo‘lga kiritildi. Bu borada Yaponiya (5−0−6), Janubiy Koreya (3−3−2) va Qozog‘iston (3−1−5) birinchi uchlikni band etdi.