Taxminan bir hafta avval Toshkentda yo‘qolgan yetti yoshli Murodjon sog‘-omon holatda topildi. Bu haqda bolaning otasi Qobiljon Abduraximov «Gazeta.uz"ga xabar berdi.

Bola 7 iyul erta tongda Yakkasaroy tumanida joylashgan uyidan deraza orqali chiqib ketgan. 13 iyulda uni Uchtepa tumanida topishdi.

«Uni onam kechqurun soat taxminan 6−7 larda topdi. U yangi kiyimda, mahallaning bolalariga yaqin joyda o‘ynayotgan edi. Biz unga kim qaraganini bilmaymiz. Shu yerda yashovchilarning so‘zlariga ko‘ra, u yoshi katta odam ekan», — dedi Qobiljon Abduraximov.

«Yakkasaroy IIBB xodimlari guvohlarni so‘roq qilishda davom etmoqda. U kim bo‘lishidan qati nazar, unga bolamizga mehribonchiligi uchun minnatdorlik bildiramiz», — deb ilova qildi u.

Shuningdek, bolaning otasi Murodjonning qidiruviga yordamlashgan va chetda qarab turmagan barchaga rahmat aytdi.