Toshkent ikkilamchi kvartira bozorining o‘rtacha narxlari iyun oyida bir oy avvalgiga nisbatan 2 foizga arzonlab, kvadrat metri uchun 532 dan 524 sh. b. ga tushdi. Bu haqda CREDO MAX ESTIMATION baholash kompaniyasi «Gazeta.uz"ga ma’lum qildi.

Iyun oyi yakunlariga ko‘ra, g‘ishtli turdagi kvartilar narxi 2% ga (567dan 554 ga), panel turdagilari ham 2% ga (507 dan 504 ga) arzonlashdi. Xonalar soniga nisbatan narx takliflari quyidagicha: bir xonali kvartiralar — 508 sh. b. (-2%), ikki xonali — 508 (-1%), uch xonali — 543 (-1%), to‘rt va undan ortiq xonali — 563 (o‘zgarishsiz).

Bu boradagi to‘liq ma’lumotlarni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin.