13 iyul kuni yong‘in sabablari va halok bo‘lganlarning shaxsini aniqlash uchun Kolpino shahriga (Sankt-Peterburg shahri tarkibiga kiradi) borgan O‘zbekiston elchixonasi xodimlari Sankt-Peterburg shahri Tashqi aloqalar qo‘mitasi ma’lumotiga asoslanib, 7 nafar O‘zbekiston fuqarosining halok bo‘lganini tasdiqladi.

Halok bo‘lganlar ro‘yxati TIV saytida e’lon qilindi. Barcha yetti nafar halok bo‘lgan Xorazm viloyatining Yangiariq tumanidan bo‘lib, olti nafari «Tagan» qishloq fuqarolar yig‘inidan, ular orasida ota va o‘g‘il ham bor.

1. Xusinov Ro‘zmat Qurbonboyevich, 1967 yil 1 yanvarda tug‘ilgan, Xorazm viloyati Yangiariq tumani, «Tagan» QFYda ro‘yxatda turadi;

2. Xusinov Siroj Ro‘zmatovich, 1991 yil 16 oktyabrda tug‘ilgan, Xorazm viloyati Yangiariq tumani, «Tagan» QFYda ro‘yxatda turadi;

3. Otaniyozov Zoir Aminovich, 1973 yil 2 noyabrda tug‘ilgan, Xorazm viloyati Yangiariq tumani, «Tagan» QFYda ro‘yxatda turadi;

4. Boyjanov Ilyos Qadamboyevich, 1988 yil 10 noyabrda tug‘ilgan, Xorazm viloyati Yangiariq tumani «Tagan» QFYda ro‘yxatda turadi;

5. Sultonov Yunus Kuranboyevich, 1981 yil 21 aprelda tug‘ilgan, Xorazm viloyati Yangiariq tumani «Tagan» QFYda ro‘yxatda turadi;

6. Atakov O‘tkirbek O‘ktamboyevich, 1989 yil 19 aprelda tug‘ilgan, Xorazm viloyati Yangiariq tumani «Gulobod» QFYda ro‘yxatda turadi;

7. Quramboyev Shoxzod Xushnudbek o‘g‘li, 1997 yil 3 noyabrda tug‘ilgan, Xorazm viloyati Yangiariq tumani «Tagan» QFYda ro‘yxatda turadi.

Rossiyaning vakolatli organlari tomonidan sud-tibbiy ekpertizasi o‘tkazishga qaror qilindi.

Elchixona Sankt-Peterburg va Kolpino shaharlarining tegishli idoralari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibti.

Halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari to‘g‘risidagi ma’lumot ularning oila-a’zolarini habarbor qilish maqsadida O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi bo‘linmalari va Xorazm vilorati hokimligiga yetkazildi.

RIV Novosti ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in yo‘lak plitalari ishlab chiqariladigan metall angarda vujudga kelgan. Yong‘in maydoni 600 kv. m.ni tashkil etgan. Alanga chiqishiga, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, elektr uskunasida qisqa tutashuv sabab bo‘lgan.