O‘zbekistonda gidroponika texnologiyasi (o‘simliklarni tuproqsiz sun’iy muhitda o‘stirish usuli) qo‘llanilgan issiqxona majmualari rivojlantiriladi. Prezidentning shu haqdagi qarori loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.

Gidroponika texnologiyasi qo‘llanilgan issiqxona majmualari mamlakatning barcha viloyatlarida, jumladan xorijiy investitsiyalarni qo‘llagan holda lalmi yerlarda tashkil etish rejalashtirilgan.

Qaror mamlakatda yangi meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarilishini ko‘paytirishga yo‘naltirilgan.

Hujjatda OTM va kollejlarda tegishli yo‘nalish va o‘quv modullarini joriy etish ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, issiqxona xo‘jaligida tadbirkorlikni yuritish asoslarini o‘qitish kurslari taklif etiladi.

Gidroponika texnologiyasi asosida yaratilgan issiqxona majmualariga 2021 yil oxiriga qadar soliq va bojxona imtiyozlarini berish rejalashtirilgan.