Toshkent IIBB xodimlari 12 iyul kuni Toshkent temir yo‘l transporti muxandislari instituti Axborot resurslari markazi yetakchi mutaxassisi Furqat Xasanovni pora olayotganda qo‘lga tushirdi.

IIBB ma’lumotlariga ko‘ra, Xasanov abituriyentlardan biriga OTMga kiritib qo‘yishni va’da qilib, undan 8000 AQSH dollari olgan.

Yakkasaroy tuman prokuraturasi firibgarlik va pora berishga dalolatchilik qilish alomatlari bo‘yicha jinoiy ish ochdi.

Avvalroq Davlat pedagogika universiteti fakultetlaridan birining dekan o‘rinbosari ham xuddi shunday holat bo‘yicha qo‘lga olingan edi.