O‘zbekiston Prezidenti 13 iyuldagi qarori bilan Tatyana Guskova nafaqaga chiqishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda davlat rahbari saytida xabar qilindi.

Tatyana Guskova (1950 yilda tug‘ilgan) 1990 yildan buyon ushbu lavozimni egallab kelayotgan edi. 1971 yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini tamomlagan.

Ahadbek Haydarov moliya vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.