Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) Parij va Los-Anjeles 2024 va 2028 yilgi yozgi Olimpiada o‘yinlari poytaxti etib tasdiqladi, biroq qaysi shahar birinchi bo‘lib olimpiadani qabul qilishi noma’lumligicha qolmoqda, deb xabar qildi Regnum agentligi.

Ushbu ikki shahardan tashqari, Gamburg, Budapesht va Rim ham o‘yinlarni o‘tkazishga da’vogar edi. 2024 yilda o‘yinlarning qaysi shaharda o‘tkazilishi bo‘yicha yakuniy qaror 13 sentyabr kuni Limada bo‘lib o‘tadigan XOQning 131-sessiyasida qabul qilinadi.

Los-Ajelos meri Erik Garsetti va uning parijlik hamkasbi Ann Idalgo XOQ bilan hamkorlik qilishda mamnunligini ta’kidladi.

Parij 1900 va 1920 yillarda, Los-Anjeles esa 1932 va 1984 yillarda Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qilgan.